10 039
27 ta davlat sayyohlari uchun viza tizimini bekor qilish tartibi 5 yildan keyin kuchga kiradi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2016 yil 2 dekabr kuni “O‘zbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” farmonni imzolagan edi.
Ushbu farmonda O‘zbekiston 2017 yil 1 apreldan 15 mamlakat sayyohlari uchun vizani bekor qilishi hamda 12 davlatning 55 yoshdan oshgan sayyohlari uchun viza tartibi bekor qilinishi qayd etilgandi.
Farmonning kuchga kirish muddati uzaytilirildi. O‘zbekistonga kirishda 27 ta davlat fuqarolari uchun viza talab qilinmasligi to‘g‘risidagi farmon 2021 yildan kuchga kiradigan bo‘ldi, deb yozmoqda Kun.uz sayti.
Farmonning kuchga kirish muddatini uzaytirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Turizmni rivojlantirish Davlat qo‘mitasi va boshqa qator vazirlik va idoralar tomonidan bildirildi.
Shu tariqa, Avstraliya, Avstriya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Daniya, Ispaniya, Italiya, Kanada, Lyuksemburg, Niderlandiya, Koreya Respublikasi, Singapur, Finlyandiya, Shveysariya va Yaponiya sayyohlari 30 kungacha muddat davomida va Belgiya, Indoneziya, XXR, Malayziya, AQSh, Fransiya, Vetnam, Isroil, Polsha, Vengriya, Portugaliya va Chexiyaning 55 yoshga to‘lgan fuqarolari 30 kundan ortiq bo‘lmagan muddatga O‘zbekistonga vizasiz kirish tartibi 2021 yil 1 yanvardan kuchga kiradigan bo‘ldi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Akademik Qodir G‘ulomov Qo‘shrabotda bo‘ldi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi