13:15 / 23.04.2015
10 842

Davlat raqobat qo‘mitasi shakar narxi pasayishi bo‘yicha choralar ko‘rdi

Davlat raqobat qo‘mitasi shakar narxi pasayishi bo‘yicha choralar ko‘rdi

Joriy yilning 15 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasida «Xorazm shakar» AJ QK va «Angren shakar» MChJ XK vakillari ishtirokida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda respublika bozorlaridagi shakar mahsuloti narxi ustidan olib borilgan monitoring natijalari muhokama qilindi. Bu haqda qo‘mita rasmiy sayti'ga asoslanmb «Daryo» nashri xabar bermoqda.

Yig‘ilishda ta’kidlanishicha, Qo‘mita tomonidan doimiy ravishda amalga oshirib kelinayotgan monitoring natijasida, joriy yilning yanvar oyidan e’tiboran, shakarning narxi chakana savdo shaxobchalarida 2900—3200 so‘mni tashkil etgan, bunda shakarning deklarasiyalangan narxi 2298 so‘mni va o‘rtacha birja narxi 2413 so‘m bo‘lgan.

Biroq, joriy yilning 9 aprelidan 14 apreligacha shakarning chakana narxi 3500 so‘mdan 4000 so‘mgacha ko‘tarilgan.

Ushbu vaziyat yuzasidan shakar ishlab chiqaruvchi korxonalar vakillari tomonidan quyidagi ma’lumotlar keltirildi, ya’ni joriy yilning yanvar—aprel oylarida shakar sotilishining o‘sish sur’ati o‘tgan 2014 yilning xuddi shu davriga nisbatan 170 foizni, aprel oyida esa 135 foizni tashkil etgan. Bundan tashqari, shakar ishlab chiqarish uchun etkazib berilgan xom-ashyo joriy yilning aprel oyida o‘tgan yilning xuddi shu davriga nisbatan 2 marotaba ko‘p bo‘lgan. Shuningdek, shakar ishlab chiqaruvchi zavodlar tomonidan iste’molchilarga cheklanmagan hajmlarda shakar etkazib berish amalga oshirilgan.

Yig‘ilishda ta’kidlanganidek, shakar mahsulotining chakana narxining oshishiga ba’zi bir insofsiz ulgurji va chakana etkazib beruvchilar tomonidan pishiqchilik mavsumi yaqinlashgani sababli sun’iy taqchillikni keltirib chiqarishi hamda 2014 yilning may iyul oylarida ham shakar narxini oshishi kuzatilgani sababli, aholi tomonidan me’yoridan ko‘p shakar sotib olinishiga bo‘lgan urinishlari sabab bo‘lgan.

Shakar mahsulotining chakana narxini oshib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik, mahsulot taqchilligini yuzaga keltirmaslik maqsadida, «Xorazm shakar» AJ QK va «Angren shakar» MChJ XK tomonidan shakar mahsulotini ishlab chiqarish xajmlarini oshirish va mavsumiy talabdan kelib chiqqan holda shakarni etarli hajmlarda etkazib berishga tayyor ekanliklari ma’lum qilindi.

Ta’kidlash joizki, ko‘rilgan choralar natijasida bozor va do‘konlarda 1 kg shakarning narxi barqaror ravishda 2900−3200 so‘mni tashkil etmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Davlat raqobat qo‘mitasi shakar narxi pasayishi bo‘yicha choralar ko‘rdi