19:01 / 16.05.2015
7 341

“O‘zbekturizm” MK eng yirik Fitur-2015 Xalqaro sayyohlik yarmarkasining mukofoti bilan taqdirlandi

“O‘zbekturizm” MK eng yirik Fitur-2015 Xalqaro sayyohlik yarmarkasining mukofoti bilan taqdirlandi

15 may kuni Madridda 28 yanvardan 1 fevralgacha Ispaniya poytaxtida bo‘lib o‘tgan FITUR-2015 Xalqaro sayyohlik yarmarkasining eng faol ishtirokchilarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi, deb yozmoqda Kun.uz.

Bu marosimda O‘zbekiston milliy stendi “Buyuk Ipak yo‘li”da joylashgan O‘zbekistonni yuqori darajada namoyish qilgani uchun “Eng yaxshi stend” nomiga sazovor bo‘ldi.

“O‘zbekturizm” MK ni taqdirlash davomida o‘zbek ekspozisiyasining sifatli bezalgani qayd etib o‘tildi. Bu ekspozisiyada O‘zbekistonning boy madaniy-tarixiy merosi va sayyohlik imkoniyatlari, shu jumladan butun jahonga dong‘i ketgan Samarqand, Buxoro, Xiva, Toshkent, Shahrisabz shaharlari haqida yorqin illyustrativ materiallar namoyish qilindi. Shuningdek, O‘zbekiston tarixiy ahamiyatga ega diqqatga sazovor joylarining soni bo‘yicha dunyoda etakchi o‘rinlardan birini egallashi aytib o‘tildi. Bu qadamjolardan 140tasi YuNESKO himoyasiga olingan ob’ektlar qatoriga kiradi.

Taqdirlash marosimi Ispaniyaning Sayyohlik bo‘yicha davlat kotibi I.Borrey, Madrid meriyasi vakillari, ispan sayyohlik kompaniyalari hamda O‘zbekistonning Ispaniyadagi elchixonasi vakillari ishtirokida bo‘lib o‘tdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » “O‘zbekturizm” MK eng yirik Fitur-2015 Xalqaro sayyohlik yarmarkasining mukofoti bilan taqdirlandi