12:12 / 30.05.2015
8 009

Farg‘onalik maktab direktori 1-sinfga o‘qishga qabul qilish uchun 400 ming so‘m pora so‘radi

Farg‘onalik maktab direktori 1-sinfga o‘qishga qabul qilish uchun 400 ming so‘m pora so‘radi

Marg‘ilon shahrida yashovchi ayol o‘g‘lini shu shahardagi umumta’lim maktablaridan biriga joylashtirmoqchi bo‘ldi. 2014 yilning avgust oyida opasi bilan birga maktab direktoriga uchrashdi. Bu haqda «Huquq» gazetasi'ga asoslanib «Daryo» nashri xabar bermoqda.

Direktor birinchi sinflar uchun qabul tugaganini, bo‘sh joy yo‘qligini aytdi. Keyin esa 100 AQSh dollari va 100 ming so‘m evaziga biror iloji topilishi mumkinligini qo‘shib qo‘ydi.

Opa-singil bir necha kundan keyin yana direktor huzuriga keldi va imkoniyatlari cheklanganligini aytib, pulning yarmini bera olishini aytdi. Direktor hech narsani eshitgisi kelmadi va 200 ming so‘mni hozir, qolgan 200 mingni oy oxirida berishsagina, bolani o‘qishga qabul qilishini ta’kidladi.

Oltmish yoshdan oshgan, ko‘pni ko‘rgan, sovuq suvni ham puflab ichadigan «tajribali» direktor «ehtiyot shart», pulni qo‘li bilan olmadi. Qorovulxonadagi to‘shakning tagiga qo‘yib, opa-singil ketganidan keyin «ishkal» chiqmasligiga ishonch hosil qilgach, 200 ming so‘mni cho‘ntagiga joyladi.

Direktorning tamagirligi opa-singillarning kattasiga qattiq ta’sir qildi. U o‘qish boshlanishi arafasida pulning qolganini yana qoqovulxonada direktorga topshirdi. Direktor o‘z xonasiga kirib, pullarni stolining tortmasiga solib qo‘ydi. Shu payt xonaga notanish kishilar kirib keldi. Ular o‘zlarini va xolislarni tanishtirib, ariza bo‘yicha tezkor tadbir o‘tkazilayotganini ma’lum qildi.

Rahbarning aybi xolislar va guvohlarning ko‘rsatmalari, dalillar bilan tasdiqlandi. Sud hukmiga binoan tamagir direktorga tegishli jazo tayinlandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Farg‘onalik maktab direktori 1-sinfga o‘qishga qabul qilish uchun 400 ming so‘m pora so‘radi