13:26 / 16.02.2015
7 964

Toshkent suv toshqinlaridan himoya qilinadi

Toshkent suv toshqinlaridan himoya qilinadi

Toshkentda amalda bo‘lgan irrigasiya-drenaj tizimi o‘tgan yilning mayida sodir bo‘lgan kuchli yomg‘ir chog‘ida «jala suvlarining oqib ketishini ta’minlashga qodir bo‘lmagan». 2014 yil 10 iyunida O‘zbekiston hukumati tomonidan tashkil qilingan ishchi guruh poytaxtdagi er usti va er osti suv oqimlari inventarizasiyasini o‘tkazgach, shunday xulosaga keldi, deb yozadi «Gazeta.uz».

Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2015 yil 11 fevralda tasdiqlangan Toshkentda favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganida er osti va er usti suv oqimlarining barqaror ishlashini ta’minlash bo‘yicha konsepsiyada Toshkentning irrigasiya-drenaj xo‘jaligi tizimi ishini mukammallashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar belgilandi.

Buning uchun ob’ektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirdan chiqarish, zamonaviy tejamkor texnologiyalar joriy etish ishlari olib boriladi.

Shuningdek shaharda hududni yomg‘ir va toshqin suvlari bosishi xavfi yuzaga kelganida aholini xabardor qilishning yagona tizimi yaratiladi.

Manba: www.daryo.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Toshkent suv toshqinlaridan himoya qilinadi