16:57 / 18.02.2015
9 774

Amerikalik olimlar O‘zbekistonda jigarni davolash usuliga patent olishdi

Amerikalik olimlar O‘zbekistonda jigarni davolash usuliga patent olishdi

“INTERMYuN INK” kompaniyasi xodimlari jigarning atipik funksiyasi mavjud bo‘lgan bemorlarni pirfenidon bilan davolashning usulini ishlab chiqishdi.

O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligida xabar berilishicha, bu usul tibbiyotda, xususan, jigar funksiyasining biomarkerlari anomal darajasini namoyon etuvchi bemorlarni pirfenidon bilan davolashda qo‘llaniladi.

Bu usulning vazifasi 5-metil-1-fenil-2-(1H)-piridon (pirfenidon) bilan davolashda jigar funksiyasi buzilishlarini minimallashtirishning yangi usullarini ishlab chiqarishdan iborat. AQShlik olimlar Bradford Uillyamson Zigler va Shvarsberg Xaver O‘zbekistonda ushbu davolash usuli uchun IAP 04996 raqamli patent olishgan.

Manba: www.kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Amerikalik olimlar O‘zbekistonda jigarni davolash usuliga patent olishdi