17 856
Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurtida harbiy xizmatni o‘tab bo‘lganlarga OTMga kirish uchun imtiyozli tavsiyanomalar berildi
Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurtida muddatli harbiy xizmatni o‘tab bo‘lgan yigitlarga mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalariga imtiyozli o‘qishga kirish imkonini beradigan tavsiyanomalar topshirildi, deb xabar bermoqda Kun.uz.
Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda harbiylar, ota-onalar, keng jamoatchilik vakillari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.
Mazkur hujjatga muvofiq, harbiy qismlarning tegishli tavsiyanomasiga ega bo‘lgan fuqarolarga barcha yo‘nalish va mutaxassisliklar bo‘yicha mamlakatimizdagi oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga kirishda to‘plash mumkin bo‘lgan eng yuqori ballning 27 foizi miqdorida qo‘shimcha ball shaklidagi imtiyoz beriladi.
Bilim yurti harbiy orkestri jamoasining konsert dasturi, Chirchiqdagi 15-musiqa va san’at maktabi tarbiyalanuvchilarining badiiy chiqishlari tadbirga bayramona kayfiyat bag‘ishladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Tadbirkorlarga qo‘llanadigan moliyaviy jarima kamaytiriladi
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi