09:48 / 19.02.2015
7 246

Namanganda kichik zilzila qayd etildi

Namanganda kichik zilzila qayd etildi

Namangan aholisi 18 fevral kuni, mahalliy vaqt bilan soat 20:11 bo‘lganida, episentri qo‘shni Qirg‘iziston janubida bo‘lgan zilzila ta’sirini sezishdi. “Toshkent” seysmologiya markazida qayd etilishicha, bu zilzila markazi Toshkent shahridan 260 km masofada joylashgan Qirg‘iziston hududda joylashgan.

“Namangan hududida sezilgan zilzlia ko‘rsatkichlari 2 ballni tashkil etdi”, – deyiladi “Toshkent” seysmologiya markazi xabarida.

Zilzilalarni qayd etuvchi xalqaro seysmologik markazlarning ma’lum qilishicha, bu zilzila markazida 4,4 balli er tebranishi bo‘lib o‘tgan va bu joy Bishkek shahridan 250 km, Namangan shahridan esa 70 km, Qirg‘izistondagi Tosh-Ko‘mir qishlog‘idan 15 km uzoqlikdagi odam yashamaydigan hudud hisoblanadi.

Manba: www.kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Namanganda kichik zilzila qayd etildi