12:35 / 20.02.2015
7 110

Qozog‘istonda oltingugurt kislotasi ortilgan vagonlar relsdan chiqib ketdi

Qozog‘istonda oltingugurt kislotasi ortilgan vagonlar relsdan chiqib ketdi

Qozog‘iston janubidagi Jambil viloyatining Chaykuruk stansiyasida yuk poezdining ettita vagoni relsdan chiqib ketdi, deya xabar bermoqda «RIA Novosti». Ularda oltingugurt kislotasi olib ketilayotgan bo‘lgan. Qurbonlar va jabrlanganlar yo‘q.

Uchta sisterna ag‘darilib ketishi natijasida oltingugurt kislotasi to‘kilgan. Mahalliy ko‘lamdagi favqulodda vaziyat e’lon qilingan. Hukumat fikricha, aholi uchun xavf-xatar yo‘q.

Ma’lum bo‘lishicha, 57 ta vagondan iborat yuk poezdi soatiga 22 km tezlikda harakatlanayotgan bo‘lgan. Vagonlar relsning strelka bilan buriladigan qismida izdan chiqqan.

Manba: www.daryo.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qozog‘istonda oltingugurt kislotasi ortilgan vagonlar relsdan chiqib ketdi