21:32 / 20.02.2015
6 349

Germaniya Gresiyani evrohududdan chiqarib yuborishga urinmoqda

Germaniya Gresiyani evrohududdan chiqarib yuborishga urinmoqda

Evrohududdagi bir qator mamlakatlar Germaniya boshchiligida Gresiyaning qarzdorligi bo‘yicha dastur masalasida kelishuvga erishilmasa, mamlakatni evro valyutasi hududidan chiqarilishiga roziligini bildirdi. Bu haqda Malta moliya vaziri Edvard Shikluna ma’lum qilgan.

U qarzdorlik masalasida Gresiyaga vositachi bo‘lishini aytib o‘tgan.

Shiklunaning so‘zlariga ko‘ra, Afina xalqini defoltdan saqlab qolish uchun Gresiya evrohududdagi hamkorlari bilan kelishuvga erishishi lozim.
20 fevral kuni Evrohudud moliya vazirlari so‘nggi 10 kunda uchinchi marta va Gresiya tomoni bilan muzokaralar o‘tkazib, moliyaviy yordam dasturini davom ettirish masalasida bir to‘xtamga kela olishmadi. Bunga 19 fevral kuni Afinaning kelishuvdagi shartlarni o‘zgartirishga urinishi rasmiy Berlin tomonidan rad etilgani sabab bo‘lgan.

Ma’lumot uchun, 19 fevralda Afina va Berlin oshkora ravishda o‘zaro e’tirozlarini bildirdi. Bu holat ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarning Gresiyada hukumat tepasiga SIRIZA partiyasi kelganidan so‘ng, qay darajada yomonlashganini ko‘rsatmoqda.

Manba: www.kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Germaniya Gresiyani evrohududdan chiqarib yuborishga urinmoqda