18:09 / 26.02.2015
7 823

Uorren Baffet koka-kolani uzoq umr ko‘rish manbai deb atadi

Uorren Baffet koka-kolani uzoq umr ko‘rish manbai deb atadi

Amerikalik milliarder Uorren Baffet o‘zining uzoq umr ko‘rish sirini oshkor etdi, deb yozadi Fortune. 84 yoshli investor so‘zlariga ko‘ra, u har kuni besh banka koka-kola ichadi — bu unga kun bo‘yi serg‘ayrat bo‘lib, o‘zini yaxshi his qilishiga yordam beradi.

Uning aniqlik kiritishicha, ish kuni davomida uch banka oddiy koka-kola, kechqurun uyga qaytgach yana ikki banka gilos ta’mli gazli ichimlik iste’mol qiladi.

Bundan tashqari, milliarder nonushtaga qovurilgan kartoshkani gazli ichimlik bilan eyishni xush ko‘rishini aytdi.

Uorren Baffetning davlati 66 milliard dollarga baholanmoqda. U o‘zining Berkshire Hathaway kompaniyasi orqali Coca-Cola aksiyalarining 8,61 foiziga egalik qiladi.

Manba: www.daryo.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Uorren Baffet koka-kolani uzoq umr ko‘rish manbai deb atadi