15:24 / 27.02.2015
7 879

Coca-Cola 8,5 mlrd evrolik obligasiyalarini sotdi

Coca-Cola 8,5 mlrd evrolik obligasiyalarini sotdi

Dunyodagi eng yirik alkogolsiz ichimliklar ishlab chiqaruvchi Coca-Cola korporasiyasi 26 fevral, payshanba kuni 8,5 milliard evrolik obligasiyalarni joylashtirdi, deya xabar bermoqda Interfax.

Bu amerikalik emitent (qimmatli qog‘ozlar va qog‘oz pul chiqarish huquqiga ega bo‘lgan davlat, bank yoki idora) tomonidan joylashtirilgan evro bilan belgilangan eng yirik qiymatdagi qimmatli qog‘ozlar bo‘ldi.

Yil boshidan buyon amerikalik emitentlar tomonidan evroda joylangan obligasiyalar hajmi deyarli 28 milliard dollarni tashkil etadi, bu o‘tgan yilning shu davridagi ko‘rsatkich (13 milliard dollar)dan deyarli ikki barobar ko‘pdir.

Manba: www.daryo.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Coca-Cola 8,5 mlrd evrolik obligasiyalarini sotdi