9 sentyabrda Tojikiston mustaqilligining 25 yilligi munosabati bilan Dushanbeda bo‘lib o‘tadigan tantanali paradda 60 mingdan ko‘proq odam ishtirok etadi.
"Tojikistonning bosh bayrami – davlat mustaqilligining 25 yilligiga bag‘ishlangan asosiy tadbirlar Dushanbeda bo‘ladi. Ertalab mamlakatning bosh maydoni "Dusti"da (Do‘stlik) 16 ming askar va zobit ishtirokida harbiy parad bo‘lib o‘tadi, so‘ngra maydon orqali 60 mingdan ko‘proq dushanbeliklar o‘tadi", deb aytdi mamlakat rahbari matbuot xizmati vakili.
Ma’lum qilinishicha, harbiy paradda aviasiya va harbiy texnika ishlatilmaydi. Ertalab "Koxi Borbad" majmuasida mamlakat prezidenti Emomali Rahmon, hukumat vakillari va parlament deputatlari, Dushanbeda akkreditlangan diplomatlar va jamoatchilik ishtirokida bayram yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.
Yig‘ilishdan keyin bayram gala-konserti beriladi. Kechki payt Dushanbedagi respublika stadionida sahnalashtirilgan tomosha bo‘lib o‘tadi va u bayramona mushakbozlik bilan yakunlanadi.
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi
Dunyodagi eng boy arab shayxining rafiqasi qanday ko‘rinishga ega?
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Tadbirkorlarga qo‘llanadigan moliyaviy jarima kamaytiriladi