12:42 / 10.09.2016
9 822

Turkmaniston prezidenti yordamchisining harakati Angela Merkelni hayratga soldi (Foto va video)

Turkmaniston prezidenti yordamchisining harakati Angela Merkelni hayratga soldi (Foto va video)

Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning Germaniyaga tashrifi chog‘ida kutilmagan hodisa yuz berdi, deb xabar bermoqda "Darakchi" nashri.

Gap shundaki, prezidentning yordamchisi Germaniya kanslerining ko‘z o‘ngida minbarga qo‘yilgan suvni hech qanday tushuntirishsiz almashtirib qo‘ydi.

Mazkur holat 29 avgust kuni ro‘y bergan edi.

Tadbir tashkilotchilari har bir prezident uchun alohida tribuna va alohida stakanda suv qo‘yib chiqqan edi. Biroq matbuot anjumani boshlanishidan avval Berdimuhamedovning yordamchisi minbardagi suv turgan stakanni olib, o‘rniga boshqasini qo‘yib qo‘ydi.

“Yuz berayotgan hodisa shu darajada kutilmagan, tushunarsiz va mantiqsiz ediki, hattoki Angela Merkel ham bu holatda hayratini yashirolmadi”,—deyiladi xabarda.

Turkmaniston prezidentining yordamchisi esa o‘z xatti-harakatlariga izoh bermagan. Ko‘rinib turibdiki, stakanni almashtirish Germaniyadagi ichimlik suviga ishonmaslikdan va prezident zaharlanishining oldini olish maqsadida qilingan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Turkmaniston prezidenti yordamchisining harakati Angela Merkelni hayratga soldi (Foto va video)