AQSh prezidentligi uchun Respublikachilar partiyasi nomzodi milliarder Donald Tramp saylovchilar bilan uchrashuvida aytishicha, uning saylovdagi raqibi demokrat Hillari Klinton odam o‘ldirib ham odil sudlov ta’qibidan qutilib qola oladi, deb xabar qilmoqda "Kun" nashri.
«U (Hillari Klinton)ning himoyasi juda kuchli. U hoziroq minbarga chiqib, 20 ming kishining ko‘z o‘ngida istagan insonni otishi mumkin. Marhumning to‘g‘ri yuragidan otsa ham unga hech narsa bo‘lmaydi, tushunarlimi?» — degan Tramp, qo‘li bilan otgandek ishora qilar ekan.
Respublikachi nomzod FQB tomonidan Klintonning maxfiy ma’lumotlarni jo‘natishda xususiy pochta serveridan foydalanganiga oid tergov ishlari borasida fikrini shu tarzda izhor qilgan. Uzoq davom etgan surishtiruv ishlari natijasiga ko‘ra, mamlakat hukumati Klintonga ayblov e’lon qilmaslikka qaror qilgan.
Ta’kidlanishicha, Trampning Klinton haqidagi bu so‘zlari avvaldan tayyorlangan matnda bo‘lmagan.
Avvalroq, Respublikachi nomzod Klintonning muvaffaqiyatsiz tashqi siyosati, KXDRning yadro sinovlarini boshlashiga imkon berganini aytgandi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
Tadbirkorlarga qo‘llanadigan moliyaviy jarima kamaytiriladi
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Dunyodagi eng boy arab shayxining rafiqasi qanday ko‘rinishga ega?