Amerikaliklarning V-1V rusumli 2ta bombardimonchi samolyoti Janubiy Koreya osmonida namoyishkorona parvozni amalga oshirdi. Parvoz KXDR chegaralariga 100 kilometrga yaqin masofada amalga oshirilgan, deyiladi "Kun" nashrida.
Yonhap agentligi bergan manbaga ko‘ra, samolyotlar Guamdagi bazadan chiqib, Janubiy Koreyadagi Osan bazasiga (Seuldan 70 km masofada) kelgan. Samolyotlarni Janubiy Koreyaning 4 ta F-15 rusumli qiruvchi samolyotlari, shuningdek, amerikaliklarning F-16 rusumli 4 ta samolyoti qo‘riqlab borgan.
Bu parvoz AQShning Janubiy Koreya bilan birdamligi ramzi sifatida amalga oshirilgani qayd etilgan.
9 avgust kuni AQSh yadro quroli eltishga qodir uchta «ko‘rinmas» B-2 Spirit strategik bombardimonchi samolyotlarini Tinch okeani sharqiy qismidagi Guam oroliga etkazgandi.
9 sentyabr kuni KXDR navbatdagi yadro sinovini muvaffaqiyatli o‘tkazgani haqida ma’lum qildi.
Ko‘p o‘tmasdan AQSh, Yaponiya va Janubiy Koreya hamda G‘arbning bir qator davlatlari KXDR harakatlarini qoralab chiqqandi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi