17:54 / 16.09.2016
8 743

Qirg‘izistondagi MDH davlatlari sammitida ishtirok etish uchun to‘rt mamlakat prezidenti tashrif buyurdi

Qirg‘izistondagi MDH davlatlari sammitida ishtirok etish uchun to‘rt mamlakat prezidenti tashrif buyurdi

MDH davlatlari sammitida ishtirok etish uchun Qirg‘izistonga to‘rt mamlakat rahbari tashrif buyurdi. Bu haqida Qirg‘iziston Respublikasi hukumatining axborot bilan ta’minlash bo‘limi xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko kecha kechqurun Bishkekka etib kelgan. Uni "Manas" aeroportida QR bosh vaziri Sooronbay Jeenbekov kutib olgan. Bugun vazirlar mahkamasi rahbari Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliev, Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev va Tojikiston prezidenti Emomali Rahmonni qarshi oldi.

Shuningdek mamlakatga Moldova bosh vaziri Pavel Filip ham tashrif buyurdi va Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atamboyev bilan uchrashib, ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini rivojlantirishga doir dolzarb masalalarni muhokama qilishga ulgurdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qirg‘izistondagi MDH davlatlari sammitida ishtirok etish uchun to‘rt mamlakat prezidenti tashrif buyurdi