AQSh prezidenti Barak Obama Demokratlar partiyasidan mamlakat prezidentligi uchun nomzod Hillari Klintonni uning aqli, kuchi va qat’iyatli fikri uchun olqishlagan.
Ayni chog‘da, Obama «boshqa nomzod» — respublikachi Donald Trampni tanqid qilgan. Obamaning fikricha, Tramp prezident bo‘lishga noloyiqdir. Bundan tashqari, u davlat rahbari lavozimida turli xil murakkab vazifalarni hal etish uchun o‘z salohiyatini rivojlantirishni xohlamaydi, deb xabar qilmoqda "Kun" nashri.
Qayd etilishicha, Obama taniqli restorator Denni Meyer tomonidan uyushtirilgan xayriya kechki nonushtasi chog‘ida shunday fikrlarni bildirgan.
Xabarda aytilishicha, marosimda qatnashgan 65 nafar mehmonning har biri chipta uchun 25 ming dollardan to‘lagan.
Kechadan tushgan mablag‘lar Demokratik partiya milliy qo‘mitasiga topshiriladi va Klinton saylovoldi kampaniyasiga yo‘naltiriladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi