15:19 / 19.09.2016
6 344

Fransiya 2020 yilgacha plastik idishlardan butunlay xalos bo‘ladi

Fransiya 2020 yilgacha plastik idishlardan butunlay xalos bo‘ladi

Fransiyada plastik chashkalar, likopchalar va boshqa shunday materialdan tayyorlangan idishlar iste’moldan chiqarilishi hamda o‘rniga biologik toza mahsulotlardan idishlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni nazarda tutuvchi qonun loyihasi qabul qilindi. Bu haqda The Independent'ga asoslanib "Kun" xabar berdi.

Ushbu qonun 2020 yildan kuchga kiradi. Bu qonun Fransiya hukumatining iqlim masalalariga qarshi kurashining bir qismidir.

Bir qator ekologik tashkilotlar ushbu taqiqni qo‘llab-quvvatlashdi. Shu bilan birga bu qonun loyihasi mualliflari Evropa ittifoqining mahsulotlarni erkin tashish tamoyiliga zid harakat qilganiga e’tibor qaratganlar ham bo‘lgan.

Bundan oldinroq, Buyuk Britaniyada maxsus davlat dasturi orqali plastik paketlarga bo‘lgan so‘rov 90 foizga qisqargani haqida xabar berilgandi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Fransiya 2020 yilgacha plastik idishlardan butunlay xalos bo‘ladi