22:50 / 19.09.2016
8 632

Turkmanistonda qurilishiga 2,3 mlrd dollar sarflangan xalqaro aeroport ochildi

Turkmanistonda qurilishiga 2,3 mlrd dollar sarflangan xalqaro aeroport ochildi

17-sentyabr kuni Turkmaniston poytaxti Ashxobodda yangi xalqaro aeroportning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “TASS”ga asoslanib "Daryo" xabar bermoqda.

Bayonotda ta’kidlanishicha, yangi aeroportning qurilishi Turkmanistonni Evropani Osiyo bilan bog‘laydigan muhim markazga aylantirishga qaratilgan.

Marosimda chiqish qilgan mamlakat prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov mamlakatni transkontinental ko‘prikka aylantirish uchun barcha imkoniyatlar mavjudligini alohida ta’kidlab o‘tdi.

“Bu Evropa, Osiyo va Tinch okeani mintaqasi hamda Janubiy Osiyo bilan iqtisodiy hamkorlikni ta’minlaydi. Turmaniston milliy infrastrukturani kengatirmoqda, uni jahon transport tizimiga izchil moslashtirib bormoqda”, — ta’kidladi u.

Muhtasham aeroportning qurilishiga 2,3 milliard dollar sarflangani aytilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Turkmanistonda qurilishiga 2,3 mlrd dollar sarflangan xalqaro aeroport ochildi