Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambaev Egey sohilidagi kasalxonalardan biriga yotqizilgan. Bu haqda Turkiyadagi Sozcu gazetasi xabar tarqatgan.
Manbaning xabar qilishicha, Qirg‘iziston prezidenti puxta tibbiy ko‘rikdan o‘tadi va bir oz muddat shifokorlar nazoratida bo‘ladi.
Bundan avvalroq Almazbek Atambaev qisqa muddatli ta’tilga chiqqani va 1 oktyabr kuni ishga qaytishi xabar qilingandi.
Qirg‘iziston prezidenti 19 sentyabr kuni BMT Bosh Assambleyasining 71-sessiyasida ishtirok etish uchun AQShga yo‘l olgandi. Samolyot Nyu-Yorkka uchish davomida Turkiyadagi Otaturk aeroportiga qo‘nganida prezident o‘zini yomon his qildi va ko‘kragidagi og‘riqdan shikoyat qildi. Shundan so‘ng uni xususiy samolyot orqali Egey sohilidagi shaharlardan biriga olib ketishgani aytilgan.
Shu bilan bir vaqtda Haberler portalida yozilishicha, Atambaev kasalxonaga yotqizilmagan va Turkiya g‘arbidagi Chashma shahrida joylashgan Sheraton mehmonxonasida qolgan.
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi