13:06 / 21.09.2016
6 838

Foto: Shimoliy Karolinada tartibsizliklar

Foto: Shimoliy Karolinada tartibsizliklar

Polisiya qurolsiz afroamerikalikni otib o‘ldirishi bilan bog‘liq voqeadan keyin Shimoliy Kaliforniyada norozilik namoyishlari boshlandi, deb xabar bermoqda "Kun" nashri.

Sharlott shahri aholisi Lamont Skottning o‘ldirilishiga qarshi ko‘chalarga chiqqach, polisiya ularni tarqatish uchun ko‘zdan yosh sizdiruvchi gaz qo‘llashga majbur bo‘lmoqda.

43 yoshli afroamerikalikning o‘ldirilishi voqeasi seshanba kuniga o‘tar kechasi ro‘y bergandi. Polisiya shahar shimoli-sharqida reyd o‘tkazayotganida, avtomobildan tushib kelgan qora tanli yigitni ko‘rgan. Ularga bu shaxsning qo‘lida avtomat bordek ko‘ringan.

Polisiya hisobotida "zobitga mavjud o‘lim xavfini bartaraf etish uchun" o‘t ochilgani qayd etilgan.

Polisiyachilar bu erkakka birinchi yordamni ko‘rsatishga urinishgan, ammo shifoxonada uning o‘limi qayd etilgan.

Marhumga o‘t ochgan polisiyachi ham qora tanli ekani qayd etilgan.

WSOCTV telekanali xabariga ko‘ra, Skottning oilasidagilar uning qurol olib yurmasligini, o‘sha vaqtda u o‘z o‘g‘lini maktabdan olib ketish uchun kutib turgan bo‘lganini aytishgan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Foto: Shimoliy Karolinada tartibsizliklar