Erkin kurash bo‘yicha O‘zbekiston delegasiyasi safida 4 ta Olimpiadada ishtirok etib, shularning 3 tasida oltin medalga ega chiqqan Artur Taymazov Rossiya Davlat Dumasi uchun o‘tkazilgan saylovlarda Shimoliy Osetiya okrugida «Edinoy Rossii» vakili sifatida saylandi. Bu haqda "Kun" nashri yozmoqda.
Shimoliy Osetiyada Davlat dumasidagi 1 mandat uchun 7 nomzod kurashgan. 19 sentyabr kuni Artur Taymazov uchun 281 186 ovoz berilgani ma’lum bo‘ldi. Ikkinchi o‘rinni «Spravedlivoy Rossii» partiyasi vakili Gariy Kuchiev (19 623 ovoz), uchinchi o‘rinni esa «Kommunistы Rossii» partiyasi vakili Nugzar Musulbes egallagan (7122 ovoz).
Artur Taymazov 2000 yilgi Sidney Olimpiadasida kumush medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, 2004, 2008 va 2012 yilgi Olimpiadalarda oltin medal egasiga aylangan.
Sportchi Osiyo o‘yinlarining uch karra g‘olibi ham hisoblanadi. 2002, 2006 va 2010 yilgi turnirda unga teng keladigan sportchi topilmagan. Jahon Chempionatlarida Taymazovga ikki marta oltin, ikki marta kumush va 1 marta bronza medali nasib qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Nebenzya G‘arbning BMT Xavfsizlik Kengashidagi nutqini ikkiyuzlamachilik paradi deb atadi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Mojarodan so‘ng Ukrainani nima kutayotgani ma’lum bo‘ldi
Eronning Isroilga hujumi shunchaki spektakl edimi?..
Pentagonning sobiq tahlilchisi G‘arb nega Ukrainada tinchlik istamasligini tushuntirdi
“Tolibon” Eronning Isroilga qarshi hujumini qo‘llab-quvvatladi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
Shomurodov, navbat “Yuventus”ga!