KXDR Seul va Amerikaning Tinch okeanidagi harbiy bazasiga nisbatan yadro qurolini qo‘llashi mumkin. Koreya Markaziy telegraf agentligi Shimoliy Koreya bosh shtabi vakilining so‘zlariga asoslangan holda shunday xabar qilmoqda, deyiladi "Kun" nashrida.
Bayonotda ta’kidlanishicha, AQSh va Janubiy Koreyaning fitnalari, Koreya yarimorolida nazorat qilib bo‘lmaydigan va yadro qurolidan foydalanishga olib borishi ehtimoli yuqori, hal qilib bo‘lmas vaziyatni kuchaytirmoqda. Shunga binoan, Koreya xalq armiyasi bosh shtabi harbiy qarshilik ko‘rsatish borasida o‘zining asosiy qarashini ma’lum qildi.
"Koreya xalq armiyasining yadroviy kallaklari Seulni kultepaga aylantiradi", — deyiladi KMTA xabarida.
Shimoliy koreyalik harbiylar shuningdek, keskinlik tobora kuchaysa va yarimorol osmonida AQShning V-1B bombardimonchi samolyotlari parvozini davom ettiraversa, Amerikaning Guam orolidagi harbiy aviabazasini "er yuzidan supurib tashlashini" ta’kidlashgan.
22 sentyabr kuni AQShning Tinch okeani qo‘mondonligi (USPACOM) Amerikaning ikkita B-1B strategik bombardimonchi samolyoti KXDR chegaralariga juda yaqin hududdan uchib o‘tgan. Ulardan biri Seuldan 70 km janubroqqa qo‘ngan.
"So‘nggi 20 yilda birinchi marta V-1V Koreya yarimoroliga qo‘ndi", — deyiladi USPACOM bayonotida. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi