Iordaniya qiroli Abdulla II amaldagi bosh vazir Xani al-Mulkiyga yangi hukumat shakllantirishga ko‘rsatma berdi. Bu haqda «TASS»ga asoslanib «Daryo» xabar bermoqda.
Ilgariroq Milliy kengash quyi palatasiga bo‘lib o‘tgan saylov yakunlariga ko‘ra al-Mulkiy boshchiligidagi vazirlar mahkamasi iste’fo bergan edi. Iordaniya qiroli iste’fo talabini qabul qildi. Yangi hukumat shakllantirilguniga qadar amaldagi vazirlar mahkamasi o‘z vazifasini bajarib turadi. Bu jarayon bir hafta davom etishi mumkinligi aytilmoqda.
May oyining oxirida Abdulla II quyi palatani tarqatib yuborib, o‘sha paytdagi tashqi ishlar vaziri al-Mulkiyga yangi hukumat shakllantirishni topshirgan edi. Yangi hukumatning vazifasi sifatida umummilliy saylovlarni tashkillashtirish va o‘tkazish belgilangan edi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
Dunyodagi eng boy arab shayxining rafiqasi qanday ko‘rinishga ega?
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Abbosbek Fayzullayevning qachon Qatarga borishi aniq bo‘ldi!
Ozish uchun nonushtaning uchta oltin qoidasi
“Yuventus” himoyasini titratib tashlagan Shomurodovning o‘yini qanday baholandi?