13:05 / 26.09.2016
7 273

Turkiya Asad rejimini harbiy jinoyatlarda aybladi

Turkiya Asad rejimini harbiy jinoyatlarda aybladi

Turkiya Tashqi ishlar vaziri Bashar Asad rahbarligidagi Suriya hukumatini harbiy jinoyatlar sodir etishda aybladi. Bu haqda vazirlik saytida bildirilgan, deyiladi "Kun" nashrida.

"Biz keyingi kunlarda Suriyadagi tuzum hamda bu tuzum tarafdorlari tomonidan Halab va atrof hududlar bombardimon qilinishi, natijada 300dan ortiq kishi halok bo‘lib, minglab kishilar jarohatlanishini qattiq qoralaymiz", deyilgan xabarda.

Turkiya TIV tomonidan ta’kidlanishicha, Asad rejimi o‘z xalqini "shafqatsizlik bilan o‘ldirmoqda". Suriyaning hozirgi hukumati va tarafdorlari mamlakatdagi mavjud barqarorlikni hal qilish uchun siyosiy yo‘ldan yurish niyatida emasligi qayd etib o‘tilgan.

"Bu harakatlar nafaqat harbiy jinoyatlardir, balki bu insoniylikka qarshi jinoyat hamda xalqaro huquq tartiblariga zid hamdir", deya qo‘shimcha qilingan Turkiya TIV xabarida.

Bundan oldinroq, BMTning Suriya masalasi bo‘yicha maxsus elchisi Staffan de Mistura Suriya armiyasi Halabga yurish boshlaganidan buyon o‘nlab ayollar va bolalar halok bo‘lgani haqida aytib o‘tgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Turkiya Asad rejimini harbiy jinoyatlarda aybladi