16:01 / 28.09.2016
9 263

Marsda 1 million odam yashashi mumkin

Marsda 1 million odam yashashi mumkin

Meksikadagi Xalqaro Astronomlar kongressida “SpaceX” kompaniyasi boshlig‘i Ilon Mask o‘zining Mars konolizasiyasi rejasini taqdim etdi. Bu haqda “National Geografic”ga tayanib "Kun" xabar berdi.

Loyiha 80 kun ichida 100 nafar odamni Marsga etkazish, bir necha marotaba qatnovchi transport tizimini o‘z ichiga oladi. Kelgusida Marsga sayohat muddati 30 kunga qisqartirilishi rejalashtirilmoqda.

Maskning rejasiga ko‘ra, Marsga olib boruvchi transport Er orbitasida hamda Marsga qo‘nganidan so‘ng metan va kislorod bilan to‘ldirish mumkin bo‘lgan 42 Raptor dvigatellari bilan jihozlangan kosmik kemadan iborat bo‘ladi. Hozircha sayohat uchun sarflanadigan harajat 10 milliard AQSh dollariga teng, deb baholanishiga qaramay, Mask Marsga chipta narxi AQShdagi o‘rtacha uylar narxi – 200 000 AQSh dollaridan oshmasligi kerak, deya ta’kidlamoqda.

Maskning fikricha, 2022 yilga kelib Marsga reyslarni haqiqatan ham amalga oshirish mumkin bo‘ladi. 40 yoki 100 yil ichida esa erdan 1 million aholini Marsga olib chiqish imkoniyati paydo bo‘ladi.

Bu vaziyatda “kolonizatorlar” Erga qaytishi kerak bo‘ladi. “Men odamlarga Erga qaytish imkonini berilishini juda muhim, deb o‘ylayman”, deydi Ilon Mask.

Muallifining so‘zlariga ko‘ra, bu transport tizimi nafaqat Marsga parvoz qilish, balki yangi ko‘psayyoralilik erasini ochish imkonini beradi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Marsda 1 million odam yashashi mumkin