Okayama ilmiy universiteti hamda Mongoliya ilmiy akademiyasi paleontologlari Gobi sahrosida o‘tkazayotgan arxeologik tadqiqotlari davomida ulkan dinozavrning oyoq izini topib olishdi, deb yozmoqda "Qalampir" nashri.
Dinozavr izi shu vaqtgacha topilgan izlar ichidagi eng kattalaridan biridir. Olimlarnnig fikricha, bu Titanozavr (Titanosauria) oilasiga mansub bo‘lgan dinozavrning oyoq izidir. Ushbu dinozavr turi uzun bo‘yin va dumli bo‘lib, yura hamda bor davlarida bundan 70-90 million yil avval yashagan.
Topilgan oyoq izining uzunligi 106 santimetr, kengligi esa 77 santimetrni tashkil etadi. Olimlar ayni izni uzunligi 30 metr, bo‘yining balandligi esa 20 metrdan kam bo‘lmagan dinozavr qoldirganini aytishmoqda. Hozirda topilgan oyoq izi o‘rganilmoqda. Kelajakda bu titanozavrlarning qay holda qadam tashlaganini aniqlashga yordam berishi mumkin.
Ma’lumot uchun, titanozavrlar qoldirgan izlar ichidagi eng katta oyoq izi 2014 yil Argentinada topilgandi. Olimlar ushbu izni uzunligi 37 metr, og‘irigi esa 70 tonna bo‘lgan dinozavr qoldirganini aytishgandi. Hozirda Gobi sahrosida topilgan titanozavr oyoq izi o‘rganilmoqda. Unga, albatta, ilmiy nom beriladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin