20:40 / 05.10.2016
9 408

Bahraynda qulikka majburlangan qozog‘istonlik qiz yurtiga qaytdi

Bahraynda qulikka majburlangan qozog‘istonlik qiz yurtiga qaytdi

Qozog‘istonda yashovchi 18 yashar qiz dugonasining maslahati bilan Bahraynga ishlab pul topish uchun borgandi. Dugonasi u erda uqalovchilikka ishga joylashtirishga va’da bergandi. Ammo manzilga kelib tushishgach, hujjatlarini tortib olishdi va qo‘shmachilar uni suyuqoyoqlik bilan shug‘ullanishga majburlashdi. Nimayam qilsin? Yonida puli ham, hujjati ham yo‘q. Qiz buyruqlarga itoat etishga majbur edi.

Shu ko‘yi 1 oy davomida qo‘shmachining buyruqlarini bajardi. Nihoyat yaqinda polisiyachilar qizni mehmonxonalarning biridan topib, mahkamaga olib borishdi. Qiz hammasini polisiya xodimlariga tushuntirdi. Polisiyachilar xuddi o‘sha qo‘shmachini qiz vataniga etib olishi uchun chipta sotib olib berishga majbur etishdi va nihoyat u qullik balosidan qutulib vataniga qaytdi. Bu haqda "Diydoraziz" sayti ma’lum qildi.

O‘zining aytishicha, qo‘shmachini ham polisiyaga topshirishni xohlagan. Ammo yo‘l kiraga pul bergani uchun kechirgan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Bahraynda qulikka majburlangan qozog‘istonlik qiz yurtiga qaytdi