11:49 / 11.03.2015
7 630

Turkiyada 1 mln dollar qiymatdagi haqiqiy kupyura musodara qilindi

Turkiyada 1 mln dollar qiymatdagi haqiqiy kupyura musodara qilindi

Turkiyaning Manisa viloyatida 1 mln dollar qiymatdagi haqiqiy kupyura musodara qilindi. Ushbu qog‘oz pul qalbaki pul yasovchilarni qo‘lga olish operasiyasi davomida ko‘lga kiritildi. Tekshiruvdan keyin pul haqiqiy ekanligi aniqlandi, deb yozmoqda “Rossiyskaya gazeta” nashri.

Kupyura egalari kam uchraydigan bunday qiymatdagi pulni qayerdan olishganini va qaerga olib ketishayotganini tushuntirib bera olishmagan. Turkiya huquqni muhofaza qilish muassasalarining fikricha, kupyura Istanbuldagi kolleksionerlarga sotish uchun kontrabanda yo‘li bilan olib kirilgan.

Ma’lumot uchun, bunday qiymatdagi kupyuralar AQShda 1988 yilda bosilgan. Bu kupyura mamlakatning rasmiy pul birligi sifatida qabul qilinmagan. Kupyura tadbirkor Teri Styuard tomonidan asos solingan millionerlar klubiga a’zolik chiptasi hisoblangan. Keyinroq bu kupyuralar suvenir sifatida sotila boshlangan.

Manba: www.kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Turkiyada 1 mln dollar qiymatdagi haqiqiy kupyura musodara qilindi