23:21 / 07.10.2016
16 601

Kuyov o‘z to‘yida vafot etdi

Kuyov o‘z to‘yida vafot etdi

O‘tgan oyning 23 sanasida Qozog‘istonning Qarag‘anda viloyatidagi restoranlarning birida bo‘lib o‘tayotan to‘y azaga aylandi. Bu haqda “Nur.kz” xabariga asoslanib “Qalampir.uz” ma’lum qildi.

6 yil bir-birini sevgan juftlik er-xotin bo‘lish baxtiga muyassar bo‘ldi, ammo ularga birga hayot kechirish nasib etmadi...

To‘y marosimi tugagach, mehmonlar tarqashdi. Kelin va kuyov esa bir necha do‘stlari bilan xursandchilikni davom ettirish uchun shahardagi boshqa restoranga yo‘l olishdi. Bunga to‘y o‘tkazilgan restoranning ish vaqti tonggacha emasligi sabab bo‘ldi. Ular yo‘l olgan ikkinchi restoran esa tonggacha ishlardi.

“Ofisiantning so‘zlariga ko‘ra, o‘g‘lim restorandagi ustun oldiga kelgan va kutilamaganda yiqilgan. U betonga boshi bilan tushgan. Biroq buning natijasida uning qovurg‘alari singani, buyragi ezilgani, boshida ochiq jarohat paydo bo‘lgani, chap miya sharining zararlangani ma’lum bo‘ldi. Bu albatta g‘alati holat”, deydi Olegning otasi.

Aytish lozimki, kuyovning qay tarzda yiqilganini ko‘rish uchun restorandagi kuzatuv kameralarining videotasmalari o‘rganilganda, tasvir kuyovning ustun oldiga kelishi va yiqilishi bilan boshlangani ma’lum bo‘ldi. Erga dast yiqilgan erkakka odamlar birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishga urinayotgani ham tasvirda bor.

Oleg yiqilganidan so‘ng, xushsiz holatda Shaxtinskdagi shifoxonaga etkazilgan. U erdan bemorni Qarag‘andadagi shifoxonaga olib ketishgan. Ushbu shifoxonada Olegning bosh miyasi ustida jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgan. Operasiyadan avval ham, keyin ham u koma holatida bo‘lgan. Oradan bir necha kun o‘tib, 2 oktyabr kuni Oleg koma holatida vafot etgan.

“G‘ayrioddiy holat. Inson erga yiqilib shu qadar jiddiy jarohatlarni olishi mumkinmi? Qo‘riqlash xizmati qayerda edi? Kuzatuv kameralaridagi videotasvirlarning bosh qismi qanday g‘oyib bo‘lgan?”, deydi kelinning qarindoshlaridan biri.

Olegning vafot etganiga garchi bir necha kun bo‘lgan bo‘lsada, bu haqda OAVga endigina xabar berildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Oleg o‘ziga yaxshi oilaning tarbiyali va o‘qimishli farzandi bo‘lgan. U oiladagi yagona farzand edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Kuyov o‘z to‘yida vafot etdi