12:02 / 09.10.2016
7 600

Putin 10 nafar generalni ishdan bo‘shatdi

Putin 10 nafar generalni ishdan bo‘shatdi

Rossiya Federasiyasi prezidenti Vladimir Putin Ichki ishlar vazirligining 10 nafar generalini ishdan bo‘shatish haqidagi buyruqqa imzo chekdi. Bu haqda “Mir24.tv”ga asoslanib “Qalampir.uz” xabar berdi.

Ishdan olingan generallar boshqaruvidagi boshqarmalar oldinroq, IIV tarkibidan chiqarilib, Rosgvardiya tarkibiga qo‘shilgan edi.

Rossiya IIV Uzoqsharq federal okrugi transport boshqarmasi rahbari Sergey Serikov ham iste’foga chiqarildi.

Rossiya Federasiyasining Federal xizmat qo‘shini gvardiyasi 2016 yilning aprel oyida Putinning buyrug‘i bilan tashkil qilingan.

IIV hududiy tashkilotlarining OMON va SOBR bo‘linmalari IIV tarkibidan olinib, Federal xizmat qo‘shini gvardiyasi tarkibiga qo‘shilgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Putin 10 nafar generalni ishdan bo‘shatdi