12 134
«Hisobimda qancha pul borligini bilmayman»: Alisher Usmonovning intervyularda yangragan eng yaxshi gaplari
Rusbase nashri Rossiyaning eng boy biznesmenlaridan biri Alisher Usmonovning intervyularda yangragan eng yaxshi mulohazalarini bir joyga to‘pladi.
- Pul — yo muvaffaqiyatlaringiz mezoni, yo, aksincha, omadsizliklarni o‘lchaydigan ko‘rsatkich.
- Ta’lim boy bo‘lish uchun kerak, deb aniq ayta olmayman. Biroq ta’lim olgan bo‘lsangiz, boyib ketishingiz ehtimoli ancha katta bo‘ladi.
- Biznesda, xuddi sportdagi kabi, eng kuchlilar yutib chiqadi.
- Men boy bo‘lib tug‘ildim: ota-onam menga ta’lim va tarbiya berdi.
- Biznesdagi muvaffaqiyatsizlik doim ham biznesning natijasi muvaffaqiyatsiz bo‘lganini bildirmaydi.
- Qanchalik ko‘p bo‘lishsangiz, sizga shunchalik ko‘p qaytib keladi.
- Pul sizga nimadadir erkinlik berishi mumkin, biroq boshqa narsada tobe qilib qo‘yadi.
- Hamma ishlay oladi. Lekin hamma ham o‘z ishi natijasiga ko‘ra biznesmen bo‘la olmaydi.
- Eng yoqimli xarajat — bu kitob xarid qilish.
- Ma’lum yoshga etganda sevimli ayolingizga sovg‘a sotib olish uchun pul sarflash xursandchilik bag‘ishlaydi.
- Oilamizdagi bolalarga juda kam pul berishga harakat qilaman. Bizga ota-onamiz avvalo ta’lim va tarbiya qoldirgan, qolgan narsalarning barchasiga biz o‘zimiz erishganmiz.
- Baxt pulda emas, baxtli bo‘la olish qobiliyatida.
- Bugun men jon deb yillik daromadi bir necha yuz ming dollarga teng odam bo‘lardim. Shunda hech kimning men bilan ishi bo‘lmasdi va butunlay erkin bo‘lardim.
- Hisobimda qancha pul borligini bilmayman. Mening g‘aznachi vazifasini bajaruvchi odamim bor.
- Mening shaxsiy xarajatlarim men oladigan daromadga solishtirganda unchalik katta emas.
- Men o‘zimni juda oddiy odam deb hisoblayman. Mening hayot tarzim hech qachon qancha pul ishlab topishimga bog‘liq bo‘lmagan.
- Birinchi navbatda ota-onamdan o‘zimda menga do‘stlar orttirish imkonini bergan xususiyatlarni tarbiyalagani uchun minnatdorman. Do‘stlarimdan esa menga katta biznesmen bo‘lishda yordam bergani uchun minnatdorman.
Manba: Daryo “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi