11:36 / 14.10.2016
7 115

Nursulton Nazarboyev noyabr oyida Yaponiyaga tashrif uyushtiradi

Nursulton Nazarboyev noyabr oyida Yaponiyaga tashrif uyushtiradi

Qozog‘iston Respublikasi prezidenti Nursulton Nazarboyev 6-9 noyabr kunlari Yaponiyaga tashrif uyushtiradi. Yaponiya Tashqi ishlar vazirligidan xabar berishlaricha, Qozog‘iston rahbari Yaponiya Bosh vaziri Sindzo Abe bilan uchrashuv o‘tkazadi. Shuningdek, Nazarboyevning imperator Akixito bilan ham uchrashuvi rejalashtirilgan.

Yaponiya Vazirlar Mahkamasining bosh kotibi Yosixide Suganing ta’kidlashicha, Qozog‘iston bu – Markaziy Osiyodagi muhim davlatlardan hisoblanadi. Qozog‘iston kelasi yili ushbu hududdagi ilk mamlakat sifatida BMT Xavfsizlik Kengashining muvaqqat a’zosiga aylanadi va bu xalqaro hamjamiyatda muhim rol o‘ynaydi.

Yaponiya OAVlarining xabar qilishicha, prezident Nursulton Nazarboyev Xirosimaga ham tashrif uyushtirishi mumkin. Imperator Akixito bilan uchrashuv davomida Qozog‘iston va Yaponiya o‘rtasida iqtisod sohasida, xususan, atom energetikasi, neft konlarini ishlab chiqish va kamyob er boyliklarini qazib olish borasida muhokamalar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.

Aytish kerakki, Yaponiya Markaziy Osiyo davlatlari bilan o‘zaro aloqalarni rivojlantirishga doimiy e’tibor qaratib kelgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Nursulton Nazarboyev noyabr oyida Yaponiyaga tashrif uyushtiradi