13:21 / 17.10.2016
13 035

Indoneziyada qor odam topildi

Indoneziyada qor odam topildi

Indoneziyadagi o‘rmonga o‘rnatilgan kameralarga qor odamning tasviri tushib qoldi. Bu haqda “Mirror”ga asoslanib “Qalampir.uz” yozmoqda.

So‘nggi vaqtlarda dunyoning turli chekkalarida yeti-qor odamning topilgani borasidagi xabarlar tobora ko‘payib bormoqda. Olimlar yetilar asosan Shimoliy Amerikada yashashadi, degan fikrni bildirishsa-da, ayni tasvirlar Osiyo hududida suratga olingan. Videotasmani diqqat bilan kuzatgan mutaxassislar ayni tasvirlarda shubhasiz, yeti ketayotganini bildirishmoqda.

Har galgidek, tasvirlar ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo‘lgach, yeti kompyuter daturlari yordamida “paydo qilingan”i, aslida esa bu ayiq yoki boshqa jonivor bo‘lishi mumkinligi haqidagi fikrlar ko‘payib ketdi. Tarmoq foydalanuvchilari orasida videodagi jonzot ayiq ekaniga ishonayotganlarga mutaxassislar “Indoneziyada ayiqlar yo‘q”, degan javobni berishmoqda.
[media=https://youtu.be/fxwyYi2ooUY]

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Indoneziyada qor odam topildi