13:18 / 12.03.2015
8 160

Poroshenko AQShdan 75 mln dollarlik ko‘mak olinganini tasdiqladi

Poroshenko AQShdan 75 mln dollarlik ko‘mak olinganini tasdiqladi

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko AQSh vise-prezidenti Jozef Bayden bilan telefon suhbati davomida Vashingtonga 75 mln dollarlik harbiy yordam bergani uchun minnatdorchilik bildirdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati saytida xabar berildi.

“Prezident AQSh Ukrainaga xavfsizlik sohasida 75 mln dollarlik qo‘shimcha yordam, xususan, dronlar, aloqa vositalari, minomyot va artilleriya o‘rinlarini aniqlash uchun radarlar, tungi ko‘rish asboblari va 230 ta harbiy avtomobil bergani uchun o‘z minnatdorchiligini bildirdi”, deb aytiladi xabarda.

Manba: www.kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Poroshenko AQShdan 75 mln dollarlik ko‘mak olinganini tasdiqladi