Quvaytlik to‘ti egasiga erining xiyonatini oshkor qilishda yordam berdi. “Qalampir.uz”ning yozishicha, qush muhabbat izhorini tez-tez takrorlay boshlagan, ayol esa erining izhorini yillar mobaynida eshitmagan edi.
To‘tining egasi bir necha oydan buyon o‘z erining hamkasbi bilan ishqiy munosabati borligidan shubhalanib yurgan. Uyda yashovchi to‘ti, to‘satdan, ayolga erining xiyonatini oshkor qilishda yordam berdi. Qush erning muhabbat izhorini takrorlay boshlagan, biroq bu izhor turmush o‘rtog‘iga atalmagan edi.
Ayol to‘tini polisiya mahkamasiga olib bordi va uni erining xiyonat qilayotganiga isbot qilib ko‘rsatdi.
Quvaytda xiyonat uchun katta miqdorda jarima to‘lanadi. Biroq sud qushning so‘zlarini dalil sifatida qabul qilmadi. Chunki to‘ti takrorlayotgan muhabbat izhorini radio yoki televizordan eshitgan bo‘lishi ham mumkinligi ta’kidlandi.
Avvalroq, AQShda to‘ti qotillik guvohiga aylangan edi. Michigan shtatida qushning egasi o‘lik holda topilgan. Tekshiruvlar natijasida bu holni o‘z joniga qasd qilish, deb baholangan edi. Lekin to‘ti jinoyatni ochishga asos bo‘ldi. U “Meni otma, jin ursin” iborasini takrorlagan. Bu ibora qotillik sodir bo‘lishidan avval aytilganligi taxmin qilingan va jinoiy ish ochilgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi