13:58 / 27.10.2016
13 419

Turkmaniston Respublikasi mustaqillik bayramini nishonlamoqda

Turkmaniston Respublikasi mustaqillik bayramini nishonlamoqda

27-28 oktyabr kunlari Turkmaniston xalqi o‘zining milliy bayrami – Mustaqillikning 25 yilligini keng nishonlaydi. Turkmaniston 1991 yil 27 oktyabr kuni mustaqillikka erishgan. Mustaqillik bayrami arafasida Turkmanistonda mamlakat rivojiga qo‘shgan hissasi uchun bir qator davlat arboblari yuksak mukofotlar bilan taqdirlandilar. Bu haqda Qalampir.uz xabar bermoqda.

Turkmanistonda asosiy tantanalar Ashxobod shahrida o‘tkaziladi. Mamlakat prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bugun tongda Ozodlik monumenti poyiga gulchambar qo‘ydi.

Prezident saroyidagi markaziy maydonda harbiy parad o‘tkazilishi belgilangan.

Bayramning birinchi kuni Turkmaniston estrada yulduzlari ishtirokidagi tantanali konsert dasturi yorqin mushaklar bilan yakunlanadi. Madaniy tadbir “Alem” ko‘ngilochar markazida tashkil etiladi. Bu markaz dunyodagi eng katta yopiq turdagi charxpalak sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan.

Bayram tadbirlari, umumxalq sayllari 28 oktyabr kuni ham davom etadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Turkmaniston Respublikasi mustaqillik bayramini nishonlamoqda