Yaponiyaning Fukuoka shahridagi «Xakata» temiryo‘l bekati yaqinidan o‘tgan yo‘lning 14 metrlik qismi o‘pirildi va ulkan o‘ra hosil bo‘ldi. Bu esa ushbu yo‘l olib boradigan aeroport faoliyatiga ham ta’sir ko‘rsatdi.
NHK agentligining polisiyaga asoslanib xabar berishicha, ushbu yo‘l ostidan metropoliten yo‘nalishini uzaytirish bo‘yicha ish olib borilayotgandi. Natijada tonnel suvga to‘la boshlagan va ish to‘xtagan. Ayni vaqtda yo‘l ustida hosil bo‘lgan o‘rada ham suv to‘plangan.
[media=https://youtu.be/8Ge85UQDRpk]
Qayd etilishicha, o‘pirilish oqibatida yaqin hududdagi uylar va yaqinda joylashgan aeroport elektr tokidan uzilgan.
Bu favqulodda vaziyat ro‘y bergan tumanda is gazini sezishgan, lekin shu vaqtgacha jabrlanganlar haqida ma’lumot kelib tushmagan.
Hodisa yaqinidagi uylardan kishilarni evakuasiya qilishgan va boshqa hududlarda ham o‘pirilish hodisasi kuzatilishi ehtimolidan ogohlantirishgan.
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi