Nyu-Yorkning mashhur va diqqatga sazovor binosi bo‘lmish Empire State Building minorasi orqali AQShda o‘tgan saylov hisob-kitoblari to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyasiya qilinmoqda. “Washington Post” gazetasida keltirilishicha, 103 qavatli baland minoraning janubiy oynalari ulkan ekranga aylantirilgan.
Yangi ma’lumot etkazilishi bilan u ekranda namoyon bo‘ladi. Hajmi 32 qavatga teng ekranda Donald Tramp va Hillari Klintonning portretlari aks etgan animasiyalar, #MyVote xeshtegi orqali ijtimoiy tarmoqlarga yuklangan fotosuratlar ham namoyish etilmoqda.
Osmono‘par binoda translyasiya qilish g‘oyasini Obscura Digital kompaniyasi “CNN” telekanali, Instagram tarmog‘i hamda CA Technologies kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirmoqda.
Qo‘shma shtatlarning 45-prezidenti rasmiy ravishda e’lon qilinganidan so‘ng, uning surati Manxetten ko‘chalarini yanada yoritadi.
Aholi bunday imkoniyat yaratilganidan mamnun. Sababi saylov natijalari e’lon qilinishini barcha onlayn ravishda kuzatib borishi mumkin.
“CNN” telekanali Nyu-Yorkdan tashqari, boshqa shtatlarda ham ana shunday translyasiyani yo‘lga qo‘ygan. Empire State Building displeyi Kolumbiya, Vashington, Kaliforniyada namoyish etiladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?