17:03 / 09.11.2016
8 301

Tramp o‘zbeklar singari saylovdagi g‘alabasi uchun ota-onasiga rahmat aytdi

Tramp o‘zbeklar singari saylovdagi g‘alabasi uchun ota-onasiga rahmat aytdi

AQSh prezidentligi saylovida Hillarini ortda qoldirgan Donald Tramp g‘alaba nutqini so‘zlamoqda. Bu haqda Qalampir.uz sayti yozmoqda.

“Avvalo meni hozir ko‘rib turgan ota-onamga rahmat aytmoqchiman”, deb so‘z boshladi Tramp.

“Hozirgina Hillari Klintonning kotibidan menga qo‘ng‘iroq bo‘ldi. Klinton meni g‘oliblik bilan tabrikladi. Men ham uni va oilasini juda-juda kuchli saylovoldi kampaniyasi bilan tabriklayman”, deb Klintonning saylovoldagi kurashiga baho berib o‘tdi.

Amerika xalqiga murojaat qilib, “Amerika uchun yaralarni bog‘lash vaqti keldi! Biz uchun bir yoqadan bosh chiqarish payti keldi!”, deydi Tramp.

“Biz yurtimiz uchun buyuk ishlarni amalga oshiramiz”, deb qo‘shimcha qiladi g‘alabadan mamnun kayfiyatda Amerikaning yangi prezidenti.

Trampning g‘alaba nutqi davom etmoqda...

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp o‘zbeklar singari saylovdagi g‘alabasi uchun ota-onasiga rahmat aytdi