Turkiya Bosh vaziri Binali Yildirim AQShning yangi prezidenti – Donald Trampni g‘alaba bilan tabrikladi. Tabrik so‘zi bilan birga Yildirim Fathulloh Gulen masalasiga ham alohida urg‘u berib o‘tdi. Bu haqda “Qalampir.uz” sayti xabar bermoqda.
Binali Yildirim terrorchi Fathulloh Gulenni mamlakatga qaytarib berishlarini so‘radi. Uning aytishicha, Gulenning harakati Vashington va Anqara munosabatlariga salbiy ta’sir etadi.
“AQSh tez orada Gulenni bizga topshirsa, aminmanki, AQSh va Turkiya o‘rtasidagi munosabatlarning yangi sahifasi ochiladi”, deya Binali Yildirim o‘z so‘zini yakunlagan.
Avvalroq, Turkiya Respublikasi Adliya vazirligi, qolaversa, Rajab Toyib Erdo‘g‘an rasmiy ravishda Fathulloh Gulenni qo‘lga olishni so‘rab, AQShga murojaat etgan.
Istanbul sudi esa Fathulloh Gulenni qo‘lga olish haqida allaqachon qaror chiqargan.
Xabaringiz bor, joriy yilning 15 iyul kuni Turkiyadadavlat to‘ntarishi uyushtirilgan edi. Tartibsizlik yuzlab kishilarning bevaqt o‘limiga sabab bo‘ldi. Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an yuzaga kelgan vaziyatda Fathulloh Gulenning qo‘li borligini ma’lum qilgan. Hozirgacha Turkiya Respublikasi favqulodda vaziyat holatida. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi