11:17 / 14.03.2015
10 933

Olimlar Yupiter yo‘ldoshida okean borligini tasdiqladi

Olimlar Yupiter yo‘ldoshida okean borligini tasdiqladi

Olimlar Yupiterning yo‘ldoshi Ganimedda sho‘r okean borligini tasdiqladi, deya xabar bermoqda Meduza. Kyoln universiteti olimlari hisob-kitoblariga ko‘ra, okean chuqurligi taxminan 100 kilometrni tashkil etadi — bu Erdagi dunyo okeanining o‘rtacha chuqurligidan ancha ko‘pdir (3711 metr). Okean 150 kilometrli muz qatlami tagida joylashgan.

Olimlar okean mavjudligini «Xabbl» teleskopi orqali Ganimeddagi shimol yog‘dusini kuzatib, aniqladi. Olimlar shunday xulosaga keldiki, okean Yupiterning magnit maydoniga «qarshilik ko‘rsatadi», natijada shimol yog‘dusi ovali kamroq siljiydi.

Manba: www.daryo.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Olimlar Yupiter yo‘ldoshida okean borligini tasdiqladi