Rossiyalik ekspertlar Donald Trampning g‘alabasi oqibatlari haqida fikr bildirishmoqda. Rossiya Xalqaro ishlar kengashi eksperti Nikita Mendkovichning Sputnik Tojikiston nashri uchun bergan intervyusida aytishicha, Donald Tramp barcha mamlakat va xalqlar bilan tinchlik siyosati olib borish tarafdori hisoblanadi.
Ekspertning fikriga ko‘ra, Trampning saylovoldi kampaniyasi, asosan AQSh ichida amalga oshirilishi kerak bo‘lgan o‘zgarishlarga qaratilgan edi. Jumladan, soliqlar, tibbiyot, yangi ish o‘rinlari yaratish muammolarini hal qilishga qaratilgan.
"Hillari Klinton esa, tajovuzkor tashqi siyosat tarafdori edi, chunki u Davlat kotibi bo‘lib ishlagan yillarida O‘rta Osiyo mamlakatlarining ichki ishlariga aralashib, Tojikiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekistonning Rossiya bilan yaqinlashuviga qarshi faoliyat olib borgandi", — deydi ekspert.
Ekspertning fikricha, Tramp o‘z nutqlarida barcha mamlakatlarga nisbatan tinchlikparvar tashqi siyosat tarafdori bo‘lgan. Tramp uchun tashqi siyosat ikkinchi o‘rinda, lekin prezident bo‘lganidan keyin bularning barchasi o‘zgarishi ham mumkin.
"Shunisi aniq-ki, Tojikiston va O‘zbekiston uchun Tramp Klintonga nisbatan xavfsizroq prezident bo‘ladi", deydi u. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi