18:01 / 14.11.2016
18 672

Olimlar Bermud uchburchagida sirli jismga duch kelishdi

Olimlar Bermud uchburchagida sirli jismga duch kelishdi

O‘zining hali hanuz ochilmagan, sirli jumboqlarga to‘laligi bilan mashhur Bermud uchburchagi joylashgan Atlantika okeani tubidan sirli jism topildi.

Olimlar fikricha: bu Bermud uchburchagi sirlarini ochuvchi kalit bo‘lishi mumkin.

Xalqaro olimlar jamoasi tomonidan topilgan jism 2 km chuqurlikda joylashgan. Tashqi ko‘rinishi Misr piramidalarini eslatadi, tarkibi jihatdan shishaga o‘xshash. Olimlar noma’lum jism ustida tekshiruv olib borishga kirishib ketishdi.

Bu piramidaning aslida nima ekani qanday vazifani bajarayotgani, agar haqiqatdan piramida bo‘lsa qanday qilib, ummon tubiga tushib qolgani, olimlar uchun ham juda qiziq. Balki aynan shu jism sabab, bu erda ko‘plab dengiz va havo kemalari izsiz g‘oyib bo‘lgandir….

Olimlar tez orada bu jumboqqa ham echim topadilar degan umiddamiz!

Ziyoda Ziyaeva tayyorladi

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Olimlar Bermud uchburchagida sirli jismga duch kelishdi