09:52 / 18.11.2016
7 690

AQSh va Peru kuchlari tarixdagi eng yirik miqdordagi qalbaki dollarlarni musodara qilishdi

AQSh va Peru kuchlari tarixdagi eng yirik miqdordagi qalbaki dollarlarni musodara qilishdi

AQSh va Peru maxsus xizmatlari Peru poytaxti Limada o‘tkazilgan operasiya davomida tarixdagi eng yirik miqdordagi qalbaki dollarlarni musodara qilishdi. Bu haqda AQSh maxfiy xizmati ma’lum qildi, deb xabar bermoqda "Kun" nashri.

Ta’kidlanishicha, umumiy hisobda 30 mln qalbaki dollar hamda 50 mingdan ko‘proq qalbaki evro musodara qilingan.

1,5 mingdan ko‘proq perulik polisiyachi va AQSh maxfiy xizmati agentlari ishtirok etgan operasiya davomida qalbaki AQSh dollarlarini tayyorlovchi 6 ta yashirin korxona hamda pullar bosiladigan 8 ta stanok yo‘q qilingan. 15 noyabrda o‘tkazilgan operasiya natijalariga ko‘ra 48 kishi hibsga olingan.

AQSh maxsus xizmatlari ma’lumotlariga ko‘ra, Peru hozirda eng yirik miqdorda qalbaki dollar ishlab chiqariluvchi davlat hisoblanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSh va Peru kuchlari tarixdagi eng yirik miqdordagi qalbaki dollarlarni musodara qilishdi