Avvalroq, britaniyalik 14 yoshli qizaloq saraton kasalligiga chalinganidan so‘ng o‘zini muzlatishga qaror qilgani, bu uchun otasi bilan sudlashgani va sudda yutib chiqqani haqida xabar bergan edik. Xorijiy OAVlarda vaziyat to‘liq aks etgan xabarlar chop etildi.
London Oliy sudiga britaniyalik 14 yoshli qizning o‘limi va vasiyatnomasi bilan bog‘liq hujjatlar kelib tushdi. Hujjatlarga ko‘ra, JS ismini olgan 14 yoshli qiz 2015 yilda saraton kasalligining kamyob turiga chalingan. JS kasallikning so‘nggi 3 oyini internet orqali o‘limidan so‘ng tanani muzlatish haqida ma’lumot to‘plash bilan o‘tkazdi. Natijada JS bir qarorga kelib, quyidagicha vasiyatnoma qoldirdi:
“Men er ostida qolishni istamayman. Men yashashni, uzoq yashashni istayman. O‘ylaymanki, kelajakda saratonga qarshi dori yaratiladi va meni uyg‘otishadi. Men shunday imkoniyatim bo‘lishini istayman. Bu mening tilagim”.
London Oliy sudi ota-onalar o‘rtasidagi ajrim holatlariga ko‘nikib qolgan, lekin bu safar vaziyat o‘zgacha. Shu vaqtgacha ota-onalar o‘rtasida o‘z qizlarining o‘limidan so‘ng uning jasadi kimga tegishi borasida sudlashmagandi. 2008 yilda qizning ota-onasi ajrashgan va shu vaqtdan buyon otasi qizini biror marta ham ko‘rishga kelmagan. Otasi rasmiy ravishda qizining jasadini muzlatishga ruxsat berishi kerak edi, biroq u ham o‘sma tufayli hayoti xavf ostida qolgan va jasadni muzlatishni pulni bekorga sarflash, deb hisoblashini aytgan.
Qizi esa otasini sudga bergan. Sudya qizning o‘limidan 3 hafta avval shifoxonaga borgan va qizning tanasini muzlatish haqida qaror chiqargan. Qiz 2216 yilda qayta “tirilish” umidi bilan 17 oktyabr kuni “hayotdan ko‘z yumdi”. Qizning “o‘limi”dan so‘ng, darhol tanasi 70 darajada sovutilib, 40 kg muz solingan qutiga joylandi va Michiganga yuborildi. Michiganda muzlatilgan jasadlar saqlanuvchi klinikalardan biri joylashgan. Bunday klinikalar yana Rossiya va Arizonada ham bor.
1970 yildan hisoblaganda, umumiy hisobda 200 ga yaqin jasadlar muzlatilgan. Lekin JS birinchi yosh o‘smir bo‘ldi. Hozircha birorta bemor muzlatish holatidan chiqib, qayta hayotga qaytish jarayonidan o‘tmagan. Fan hozircha jasadni faqat muzlatish texnikasini o‘zlashtirgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi