Buyuk Britaniya hukumati AQShning yangi saylangan prezidentini keyingi yilning yozida davlat tashrifi bilan kelishga taklif etmoqchi.
The Sunday Times nashrining yozishicha, qirolicha Elizaveta II AQShning yangi prezidenti bilan uchrashuvda bu mamlakat bilan Buyuk Britaniyaning aloqalarini mustahkamlashi kerak bo‘ladi.
Xabar qilinishicha, 20 yanvardan keyin, Tramp qasamyod qilib, o‘z vazifasiga kirishgandan keyin bu borada rasmiy taklif bilan chiqiladi.
Nashr manbalaridan birining ma’lumotiga ko‘ra, qirolicha bilan uchrashuv hukumat uchun Tramp bilan aloqalarni yaxshilashda «maxfiy qurol» vositasini o‘taydi.
Qayd etilishicha, bosh vazir Tereza Mey saylovdan keyin Tramp bilan qo‘ng‘iroqlashganida, unga uning onasi — shotland bo‘lgani, u qirolichaning katta muxlisi bo‘lgani haqida eslatgan. Bundan tashqari, Tramp Mey orqali Elizaveta ikkinchiga salom yo‘llagan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi