AQSh prezidenti etib saylangan Donald Trampning rafiqasi Melanya Trampning rasmiy biografiyasida ta’lim haqidagi bandiga ba’zi tuzatishlar kiritildi, deb xabar bermoqda "Kun" nashri.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, AQShning bo‘lg‘usi birinchi xonimi biografiyasiga ikki sloveniyalik publisist Bojan Pozar va Igor Omerza e’tibor qaratishgach, tegishli tuzatishlar kiritilgan. Bu Melanya Tramp iyulda Respublikachilar partiyasida nutq so‘zlagandan keyin yuz bergan. Shundan keyingi kun Pozar va Omerza Melanyaning "Dizayn va arxitektura" ixtisosligi bo‘yicha yakunlangan oliy ma’lumoti borligi haqidagi axborot haqiqatga mos kelmasligini, chunki u universitetni bir yil o‘qigandan keyin tashlab ketganini aytishgan.
Shundan keyin Melanyaning biografiyasi uning portalidan olib tashlanib, uning turmush o‘rtog‘i Donald Tramp saytida paydo bo‘lgan. Endi unda aytilishicha, asli sloveniyalik bo‘lgan missis Tramp 16 yoshida model sifatida faoliyatini boshlab, Milandagi model agentligi bilan shartnoma tuzgan. Axborotda aytilishicha, u Lyublyana universitetida oliy ma’lumot olishi mumkin bo‘lgan, biroq model faoliyati uchun o‘qishini tashlashiga to‘g‘ri kelgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyaning harbiy operatsiyadagi manyovri Ukrainani hayratga soldi
Dubay hukmdorining eng go‘zal qizi qanday hayot kechiradi?
Emmanuel Makron: “Ukraina tez orada qulashi mumkin”
Teraktdan keyin Rossiyadagi Tojikiston fuqarolari nafrat va tajovuzga duchor bo‘lmoqda
AQSH rasmiylari: Millionlab amerikaliklar xitoylik hakerlar hujumiga uchragan
Erdo‘g‘on terrorchilar haqida keskin gapirdi
Rossiya G‘azoga 29 tonnadan ortiq insonparvarlik yordami jo‘natdi
Rossiya Ukrainaning harbiy dron yig‘uv inshootlarini yo‘q qildi