19:45 / 17.03.2015
6 723

Airbus kompaniyasi Janubiy Koreya bilan 1,5 mlrd evrolik shartnoma tuzdi

Airbus kompaniyasi Janubiy Koreya bilan 1,5 mlrd evrolik shartnoma tuzdi

Zamin.uz: Airbus kompaniyasi Janubiy Koreya bilan 300 dan ortiq harbiy va fuqarolik vertolyotlarini etkazib berish bo‘yicha 1,5 mlrd evrolik shartnoma tuzdi. Bu haqda Janubiy Koreya aerokosmik uyushmasi vakillariga iqtibos keltirgan holda “Agence France-Presse” axborot agentligi xabar berdi.

Shartnoma doirasida Airbus kompaniyasining Airbus Helicopters sho‘’ba korxonasi 214 ta harbiy vertolyot va 100 ga yaqin fuqarolik vertolyoti ishlab chiqaradi. Bu vertolyotlar 20 yil davomida Janubiy Koreyaga etkazib beriladi.

Bundan tashqari, tomonlar birgalikda hozirda mavjud EC-155B1 vertolyoti negizida harbiy va tijoriy maqsadlarga mo‘ljallangan yangi vertolyot modelini ishlab chiqishni rejalashtirishmoqda.

Manba: www.kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Airbus kompaniyasi Janubiy Koreya bilan 1,5 mlrd evrolik shartnoma tuzdi